O‘zbekistonda ma’muriy qamoq huquqbuzarlikka qarshi kurashning bahsli chorasi bo‘lib qolmoqda. Uning keng qo‘llanishi tizimning insonparvarligiga shubha uyg‘otadi. Ma’muriy qamoq qachon o‘rinli, uni qo‘llash bo‘yicha yondashuvni qanday o‘zgartirish kerak? Huquqshunoslar Husain Radjapov va Farhod Fozilov mulohazasi.
Deputat va senatorlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakillari bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish to‘siqlarini muhokama qildi. Huquqiy mexanizmlarni bolalar uchun moslashtirish va ularga nisbatan qamoq jazosini so‘nggi chora sifatida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.
Prezident farmoni bilan 1 yanvardan viloyatlardagi sudlar negizida umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi. Tuman va shahar ma’muriy sudlari tugatiladi, ma’muriy sudlarni ko‘rib chiqish vakolati esa jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga beriladi. Sud tizimiga dastlabki eshituv instituti va «bir sud — bir instansiya» tamoyilini joriy etiladi, shuningdek, prokurorlarning sud ishlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting